Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

“O‘zbekiston DXX Rossiyaga ISHID a’zolarini tutishga yordam bergan” — Bortnikov

“O‘zbekiston DXX Rossiyaga ISHID a’zolarini tutishga yordam bergan” — Bortnikov

Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Qozog‘iston poytaxti Ostonada, MDHga a’zo mamlakatlarning xavfsizlik va maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashuvida ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining axboroti bilan shu yil iyul oyida Rossiyada ISHIDning “Xuroson viloyati” guruhi 10 nafar jangarisi hamda yana boshqa guruhning 5 a’zosi qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, Tojikiston Milliy Xavfsizlik Davlat qo‘mitasi ko‘magi bilan Rossiya hududida ekstremistik faoliyati uchun xalqaro qidiruv e’lon qilingan to‘rt nafar shaxs ham qo‘lga olingan.

Shu yil mart oyida Moskva shahri yaqinidagi Crocus City Hall savdo markaziga qurolli hujum uyushtirildi. 100 dan ortiq insonning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan hujumda Rossiya rasmiylari dastlab Ukrainani aybladi.

Keyinroq, Rossiya Fedaral Xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Crocus City Hall hujumi Afg‘on-Pokiston hududidan “Xuroson viloyati” tomonidan muvofiqlashtirilgan, deb bayonot berdi.

Kiritildi: 21:15 05.10.2024. O'qildi: 1467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!