Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston delegasiyasi IV Yevroosiyo ayollar forumida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegasiyasi IV Yevroosiyo ayollar forumida ishtirok etmoqda

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Xotin-qizlar ishonchni mustahkamlash va global hamkorlik uchun” mavzusida to‘rtinchi Yevroosiyo ayollar forumi o‘z ishini boshladi.

Unda eng faol, yetakchi xotin-qizlarni birlashtirgan mazkur forumda 126 davlat parlamentlari raislari, hukumat rahbarlari va 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari, biznes, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi turli sohalar namoyondalari bo‘lgan 1,5 mingdan ziyod delegat ishtirok etmoqda.

Forum ishida O‘zbekistondan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegasiyasi ham qatnashmoqda.

Forum doirasida Senat raisining qator davlatlarning parlament rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 08:58 19.09.2024. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!