Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eshak go‘shti haqidagi xabarlar ortidan prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili bayonot bilan chiqdi

Eshak go‘shti haqidagi xabarlar ortidan prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili bayonot bilan chiqdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Hayvonlarni identifikasiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgani haqida xabar berilgan edi.

Deputat Odiljon Tojiyevning ma’lum qilishicha, qonun loyihasida eshak go‘shtini iste’mol uchun ishlatiladigan go‘sht toifasiga kiritish nazarda tutilmagan.

Prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili Azizbek Urunov ushbu xabarlar fonida yangragan “bu JST talablariga bog‘liq bo‘lishi mumkinligi” xususidagi gap-so‘zlarga izoh berdi.

“Jahon savdo tashkilotining bu masalaga nima aloqasi bor?”, deya savol qo‘ygan Azizbek Urunov.

“Yaqinda yana bir masalaga duch kelib qoldim, go‘yoki tashqi qarzni tezroq qaytarish JST talabi emish?! Yana bir bloger 47 ta davlat bilan muzokara qilish kerak deb yozibdi. Biz bilmagan va sizga ayon bo‘lgan masalalar bormi?”, deb qo‘shimcha qilgan u.

Kiritildi: 22:40 17.09.2024. O'qildi: 4264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!