Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston davlat qarzi uch oyda 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi

O‘zbekiston davlat qarzi uch oyda 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi

2025 yil yanvar–mart oylarida O‘zbekiston davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘payib, 42,4 mlrd dollardan oshdi. Shundan tashqi qarz 35,5 mlrd dollarni (umumiy summaning 84 foizi), ichki qarz 6,9 mlrd dollarni tashkil etdi.

Oxirgi olti yilning birinchi choraklarida davlat qarzi miqdorlari quyidagicha bo‘lgan:
2019 yil — 17,8 mlrd dollar;
2020 yil — 18,3 mlrd dollar;
2021 yil — 23,2 mlrd dollar;
2022 yil — 26,1 mlrd dollar;
2023 yil — 29,7 mlrd dollar;
2024 yil — 35,3 mlrd dollar.

Kiritildi: 12:31 29.05.2025. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!