Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston da «Sanoat xavfsizligi fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

A A A
O‘zbekiston da «Sanoat xavfsizligi fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Sanoat xavfsizligi fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatida “Sanoat xavfsizligi fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Ko‘krak nishoni bilan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari, bo‘ysunuvdagi xo‘jalik yurituvchi tashkilotlari, sanoat xavfsizligini ta’minlashda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari xodimlari, ko‘p yillar (kamida 5 yil) davomida sohalarda samarali ish faoliyatini olib borgan hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan xodimlar taqdirlanadi.

Komissiya xulosasi asosida ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qo‘mita raisi buyrug‘i har yili 10 dekabrga qadar chiqariladi. Ko‘krak nishoni har yili 12 dekabr – Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qayta tashkil etilgan va davlat bayram kunlari arafasida qo‘mita raisi (yoki boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga (qo‘mita xodimlariga) bazaviy hisoblash miqdori o‘n baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari beriladi. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krak chap tomoniga taqiladi. Ko‘krak nishoni yo‘qotilganda va buzilgan hollarda qayta berilmaydi.

Kiritildi: 13:01 12.09.2022. O'qildi: 1562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!