Bugun 7 mart, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston chet elliklarga sotilyapti deyayotganlar diqqatiga!

A A A
O‘zbekiston chet elliklarga sotilyapti deyayotganlar diqqatiga!

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Yurtimiz yerlari chet elliklarga berib yuborilayotgani yoki sotilayotgani” haqida xabarlar keng tarqalmoqda.

📃 Mazkur shaxslar qonunchiligimizga ko‘ra Yer uchastkalarini chet elliklarga berish tartiblaridan xabari yo‘qligidan bunday ma’lumotlarni tarqatayotgan ko‘rinadi. Agar xabarlari bo‘lganida noto‘g‘ri xabarlarni tarqatmagan bo‘lar edi.

✍️ Biz sizga ma’lumot berib o‘tamiz.

➡️ Yer uchastkalarini berish (realizasiya qilish) talablari Er kodeksi bilan belgilangan hamda uning 17-moddasiga muvofiq chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat IJARA HUQUQI ASOSIDA ega bo‘lishi mumkin.

➡️ 24-moddasiga muvofiq chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari IJARAGA BERILADI.

❓ "Xo‘p ijaraga bersagu xususiylashtirib olsachi, unda nima qilamiz?" - deb vahimaga tushmang.

Xavotirga o‘rin yo‘q, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari, chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek davlat organlari, muassasalari, korxonalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xususiylashtirish sub’ektlari bo‘lmaydi, ya’ni chet elliklarga yer xususiylashtirib berilmaydi.

❓"Xo‘sh agar qishloq xo‘jaligi yer bo‘lsachi? Uni xususiylashtirib oladimi?" - deb o‘zingizni qiynamang. Qishloq xo‘jaligi yerlarini hatto O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ham xususiylashtirib ololmaydi.

❌ Shunday ekan, YERLARIMIZ CHET EL FUQAROLARIGA BERIB YUBORILYAPTI mazmunidagi xabarlar asossiz va oxirigacha o‘rganilmasdan chiqarilgan xabarlar.

Bu shaxslar bunday ma’lumotlarni tarqatishdan nimani ko‘zlaganini bilmadigu ammo, ⚖️ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-moddasi 2 qismi hamda Jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-qismi bor ekanligini shunchaki eslatmoqchimiz.

🔊 Shu o‘rinda fuqarolarimizdan har xil aldovlarga uchmasliklarini, ijtimoiy tarmoq faollaridan esa yolg‘on va asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.

ℹ️ Zero, oxiri o‘ylanmay qilingan yuqoridagi kabi holatlar aholida norozilik, Qonunlarga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini keltirib chiqarishi hatto, investisiya muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini unutmang!

Kiritildi: 21:20 06.03.2025. O'qildi: 1698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!