Bugun 7 mart, 2025 yil, juma

КИР

Putin: "Rossiya hech kimga bo‘yin egmaydi"

Putin: "Rossiya hech kimga bo‘yin egmaydi"

Rossiya Ukraina bilan urushda hech kimga yon berishni o‘ylamagani haqida Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin "Vatan himoyachilari" jamg‘armasining Moskvadagi filiali xodimlari va homiylik qilinayotganlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Putinning ta’kidlashicha, Rossiya o‘zi uchun shunday tinchlik variantini tanlashi kerakki, u mamlakat uchun uzoq tarixiy istiqbolda osoyishtalikni ta’minlasin va mamnun etsin.

"Bizga shunday variant kerakki, u tinchlik va xavfsizlik sharoitida mamlakatimizning barqaror rivojlanishini kafolatlaydi. Bizga boshqalarning hech narsasi kerak emas, ammo o‘zimiznikini ham hech kimga bermaymiz," - dedi Rossiya Prezidenti.

Putin jangovar harakatlarni to‘xtatish shartlari sifatida Ukraina Qurolli Kuchlarining Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari hududlaridan olib chiqilishi, shuningdek, Ukrainaning NATOga qo‘shilishdan bosh tortishini ko‘rsatdi.

Kiritildi: 21:12 06.03.2025. O'qildi: 1431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!