Tramp Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan uchrashishi dargumon,deya xabar bermoqda Politico.
"Bu sodir bo‘lmaydi, deb ishonch bilan aytish mumkin. AQSh prezidenti o‘z harakatlari orqali Yevropa Ittifoqini mensimasligini va milliy yetakchilar bilan muloqot qilishni afzal ko‘rishini ochiq-oydin namoyish etmoqda", deya ta’kidlanadi maqolada.
Nashr, shuningdek, Tramp so‘nggi haftalarda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgan bir paytda, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen “o‘ziga xos bo‘lmagan tarzda” sukut saqlayotganini qayd etdi.