Bugun 7 mart, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy AQSh bilan “har qanday urushga” tayyorligini e’lon qildi

 Xitoy AQSh bilan “har qanday urushga” tayyorligini e’lon qildi

Pekin Tramp tomonidan joriy etilgan yangi bojxona tariflariga shunday javob qaytardi.

"Agar urush – bu AQSh xohlayotgan narsa bo‘lsa, tarif urushi, savdo urushi yoki boshqa har qanday turdagi urush bo‘lishidan qat’i nazar, biz oxirigacha kurashishga tayyormiz," deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Xitoy TIV vakili Trampning fentanil giyohvand moddasining yetkazib berilishini tariflarning sababi sifatida ko‘rsatishini "achinarli bahona" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Vashingtonga bu muammoni hal qilishda yordam berish uchun qat’iy choralar ko‘rgan, biroq AQSh bunga javoban Xitoyni "jazolash", "bosim o‘tkazish" va "shantaj qilish" yo‘lini tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, Trampning qaroridan so‘ng Xitoy ham darhol Qo‘shma Shtatlar mahsulotlariga nisbatan importiga bojlarini oshirgan edi.

Kiritildi: 09:52 06.03.2025. O'qildi: 1188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!