Agar Rossiya bilan tinchlik muzokaralari boshlansa, Tramp Ukrainaga yordamni tiklashi mumkin, dedi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi.
Mayk Uols bu haqda Fox & Friends dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Menimcha, agar biz ushbu muzokaralarni yakunlashga erishsak hamda o‘zaro ishonchni mustahkamlash bo‘yicha ayrim choralarni muhokama qilsak, prezident Tramp Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishdagi pauzani bekor qilish masalasini diqqat bilan ko‘rib chiqadi. Hozirda Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan muzokaralar uchun uchrashuv joyi va sanasini muhokama qilmoqda", – deya aniqlik kiritdi Uols.
Biroq u aynan qanday "ishonchni mustahkamlash choralari" nazarda tutilayotganini ochiqlamadi.