Respublika bo‘yicha FVV va boshqa idoralar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda yong‘in xavfsizligi talablarini qo‘pol ravishda buzgan savdo va ko‘ngilochar ob’ektlar aniqlandi. Kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar ularning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.
Jumladan:
— Buxoro viloyatida bir qator savdo majmualari, bolalar o‘yingohi pavilioni, binolar va xonalar yopildi;
— Jizzax shahrida savdo markazining umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati to‘xtatildi;
— Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida savdo markazi yerto‘lasidagi omborxona yopildi;
— Termiz shahrida “Indenim” savdo-ko‘ngilochar markazi vaqtincha faoliyatdan to‘xtatildi.
Tekshiruvlar avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlari, evakuasiya yo‘laklari va yong‘inga qarshi vositalar holatini qamrab olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni “Aviator” savdo majmuasidagi yong‘inda 1 kishi halok bo‘lganidan so‘ng bunday tekshiruvlar kuchaytirilgan.