Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Toqayev Rossiyani «buyuk derjava» deb atadi va Putinni maqtadi

Toqayev Rossiyani «buyuk derjava» deb atadi va Putinni maqtadi



Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida Rossiya va uning rahbarining xalqaro maydondagi pozisiyasini yuqori baholadi.
Toqayev Putinning Xitoyga yaqinda amalga oshirgan tashrifi va AQSh hamda Xitoy rahbarlari bilan uch tomonlama muloqotini muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

«Tarixning juda murakkab bir pallasida, geosiyosat butunlay beqarorlashgan bir paytda Rossiya buyuk davlat sifatida oldinga chiqdi».
«Bu — Vladimir Putinning ulkan xizmati».


Toqayev Rossiyani «buyuk derjava» deb atab, bu holatni kuzatayotganidan va Rossiya uchun chin dildan xursand ekanini bildirdi. Putin esa Qozog‘iston prezidentiga bildirgan fikrlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Toqayevning Moskvaga tashrifi 25–26 noyabr kunlari amaliy tashrif doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:07. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik