Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Misrda fojia: o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yaralandi

Misrda fojia: o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yaralandi

Misr poytaxti Qohiraning shimoliy qismida yoqilg‘i tashuvchi avtosisterna ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yirik yong‘inga sabab bo‘ldi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, fojia oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Cairo24 telekanalining xabar berishicha, avtosisterna Qohiraning Al-Varrak tumanida ag‘darilib, yonib ketgan. Olov yaqin atrofdagi bir nechta avtomobilga ham tarqalgan. Yoqilg‘i portlashining sababi hozircha ma’lum qilinmagan.

Hodisa joyiga 39 ta tez tibbiy yordam mashinasi yuborilgan. Hududdagi barcha tibbiyot muassasalari kuchaytirilgan shaylik holatiga keltirilgan.

Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ular va halok bo‘lganlarning oilalariga moliyaviy kompensasiya to‘lash bo‘yicha topshiriq berdi.

Kiritildi: Bugun 05:20. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik