Kataloniyaning "Barselona" klubi yulduzli qanot hujumchisi Lamin Yamal UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida Ozarbayjonning "Sabax" jamoasiga qarshi safar uchrashuvida ishtirok etmaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
19 yoshli futbolchi o‘ng to‘pig‘idagi yengil noqulaylik sababli mazkur bahsni o‘tkazib yuboradi. Kutilganidek, Yamal yakshanba kuni "Deportivo"ga qarshi Ispaniya chempionati uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.
"Sabax" va "Barselona" o‘rtasidagi bahs 25 noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining to‘rt turidan keyin mezbonlar uch ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 31-o‘rinni egallab turibdi. "Ko‘k-anorranglilar" esa to‘qqiz ochko bilan beshinchi pog‘onada bormoqda.