Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Misrdagi fojeada halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Misrdagi fojeada halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Misrda neft mahsulotlari tashiyotgan avtosisternaning yonib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetdi, yana 15 kishi jarohatlandi.

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, avtosisterna Giza viloyatining El-Varrak hududidagi tunnel ustida ag‘darilib ketgan va yona boshlagan. Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Aytish joizki, Qohira halqa avtomobil yo‘li Buyuk Qohira hududidagi Qohira, Giza va Qalyubiya viloyatlari orqali o‘tuvchi asosiy avtomobil yo‘llarini o‘zaro bog‘laydi.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik