Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston bosib olingan Falastin hududidan Isroil qo‘shinlari chiqib ketishiga ovoz berdi

O‘zbekiston bosib olingan Falastin hududidan Isroil qo‘shinlari chiqib ketishiga ovoz berdi

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasi Isroildan Falastinning bosib olingan hududlaridan kuchlarini olib chiqishni talab qiluvchi rezolyusiyani qabul qildi.

Tashkilotga a’zo davlatlar Isroilning Falastin hududlarini 12 oy ichida okkupasiya qilishini to‘xtatish va agar qaror bajarilmasa, sanksiyalar kiritish talabini o‘z ichiga olgan rezolyusiyaga ovoz berdi.

Falastin davlati tomonidan o‘nlab boshqa davlatlar bilan birgalikda taklif etilgan rezolyusiya uchun 124 ta delegasiya ovoz berdi. 43 ta davlat betaraf qoldi, 14 tasi esa qarshi chiqdi, deyiladi BMT matbuot xizmati xabarida.

Rezolyusiya Isroil qo‘shinlarini Falastin hududlaridan olib chiqib ketishni, yangi aholi punktlari qurilishini to‘xtatishni, bosib olingan yerlar va mol-mulkni qaytarishni, shuningdek, ko‘chirilgan falastinliklarni qaytarish imkoniyatini talab qiladi.

BMT Xalqaro sudining 1967 yildan beri Falastin hududlari bosib olinishi “noqonuniy” degan maslahat xulosasiga asoslanadi.

Isroil rezolyusiyani qat’iyan rad etdi. Yahudiy davlatining BMTdagi doimiy vakili Dani Danon ovoz berishni “Falastin muxtoriyatining diplomatik terrorizmini qo‘llab-quvvatlovchi sharmandali qaror” deb atadi.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild ovoz berishdan oldin rezolyusiyani “fitna qo‘zg‘atuvchi” deb qoraladi va uning “tinchlik ishiga hech qanday foyda keltirmasligini” ta’kidladi.

Kiritildi: 09:02 19.09.2024. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!