Rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni bugun, 12 may kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pizishkiyon qabul qildi.
Uchrashuvda ikki davlat Rahbarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli o‘zaro hamkorlik keng qamrovli munosabatlar darajasiga ko‘tarilgani, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi mintaqa barqarorligi uchun ham muhim ekani alohida ta’kidlandi.