Bosh prokuratura tomonidan yangi tahrirdagi «Tergov prosessual hujjatlari namunalari» uslubiy qo‘llanmasi va uning dasturlashtirilgan elektron nusxasi yaratildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.
Mazkur qo‘llanmani tayyorlashda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv hamda tergov davomida qabul qilingan 5 mingdan ortiq prosessual hujjatlar o‘rganilib, tahlil qilingan. Maqsad respublikada yagona, tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan tergov amaliyotini yaratishdan iboratdir.
Shuningdek, qo‘llanma prosessual hujjatlarda yuridik va kriminalistik atamalarning to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llanilishi, olib borilgan surishtiruv hamda tergov prosessual hujjatlarini rasmiylashtirishdagi xatoliklarning oldi olinishi, amaliyotda tergov organlari faoliyati ustidan prosessual qonunbuzilish holatlari bo‘yicha ariza va shikoyatlarni kamayishi, tergovchilarning ishini yanada samarali olib borilishi, prokuratura organlariga yangi xizmatga qabul qilingan yosh mutaxassislarning ish faoliyati samaradorligini oshishi, umuman, yagona tergov amaliyotini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, uslubiy qo‘llanmada 400 ga yaqin prosessual hujjat namunalari jamlangan.
Manba: daryo.uz