Rossiya Qurolli Kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Vladimir Chirkinning aytishicha, Rossiya Ukraina bilan urushga tayyor bo‘lmagan, shuning uchun urush 3 kunga emas 4 yilga cho‘zilmoqda.
"Ular Ukraina kuchiga kam baho bergan, pisand qilishmagan va o‘z kuchlarini haddan tashqari yuqori baholashgan" - dedi Chirkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Tashqi razvedka xizmati Kremlga ukrainaliklarning 70 foizi Rossiyani qo‘llab-quvvatlashiga, atigi 30 foizi esa unga qarshi chiqishiga ishontirgan. Aslida esa, vaziyat butunlay boshqacha bo‘lib chiqgan.