Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston BMT bilan birgalikda chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish uchun kurashmoqchi

O‘zbekiston BMT bilan birgalikda chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish uchun kurashmoqchi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalisiyasi bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi.

BMTning cho‘llanish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTning qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalisiyasi raisi Feras Ziadat o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar:

Erlarning degradasiyasi va yer resurslarini barqaror boshqarish;

Tajriba almashish;

O‘zbekistonning qum va chang bo‘ronlari xavfi yuqori bo‘lgan hududlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.

Qayd etilishicha, eron va afg‘on shamollari natijasida bahor-kuz mavsumida Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida kuzatilayotgan qum va chang bo‘ronlari aholi salomatligi va hayvonot dunyosiga zarar yetkazmoqda.

BMT koalisiyasi raisi chang va qum bo‘ronlari tobora dolzarb bo‘lib borayotgan transchegaraviy muammo ekanligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ayniqsa, tirikchiligi tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligiga bevosita bog‘liq bo‘lgan fermerlar va odamlarga jiddiy ta’sir qiladi.

“Chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish maqsadida yig‘ilishda FAO va BMTning qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalisiyasi bilan hamkorlikda aniq metodologiyalar ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va muhim strategik yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuv yakunida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va BMTning qum va chang bo‘ronlariga qarshi koalisiya delegasiyasining 2024 yil 12–17 fevralda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan CMS COP-14 to‘g‘risidagi Konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi hamda Samarqand iqlim forumida ishtirok etishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Kiritildi: 07:52 20.11.2023. O'qildi: 1063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!