Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston banklari taqdim etayotgan avtokreditlar (ro‘yxat)

A A A
O‘zbekiston banklari taqdim etayotgan avtokreditlar (ro‘yxat)

O‘zbekistonda 2019 yilga nisbatan avtokreditlarni berish shartlari qanchalik o‘zgarganligi tahlil qilindi. «Spot» nashrining yozishicha, 2019 yil dekabr oyida avtokredit bo‘yicha qarzdorlar soni 2,7 baravarga o‘sgan.

2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 85 mingta avtomobil qarzdorligi bor edi. Bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 2,9 va 2017 yilga nisbatan 12 baravar ko‘p.

Yopilmagan avtokreditlarning umumiy soni 4519 ni tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan 2,7 baravar, 2017 yilga nisbatan 19 baravar ko‘p.

16 bank 2020 yil yanvar oyida avtokreditlarga bo‘lgan yuqori talabni qondirishga tayyor. 2019 yildan asosiy farq — bu stavkalarning oshishi. Agar o‘tgan yili bu ko‘rsatkich o‘rtacha 25–27 foizni tashkil yetgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich deyarli 30 foizni tashkil etadi.

Barcha banklar shartlariga ko‘ra oldindan to‘lovni amalga oshirish lozim. Qoida tariqasida, bu avtomobil narxining 30 foizini tashkil etadi, garchi undan ko‘proq yoki kamroq variantlar bo‘lsa ham.

Bir nechta banklar avtokreditlar taklif qilishmoqda — ular bo‘yicha foiz stavkasi omonat miqdori va kredit berish muddatiga qarab o‘zgaradi.

Bank

Muddati

Boshlang‘ich to‘lov

Foizi

Asia Alliance Bank

12 oydan 36 oygacha

25%dan

27%dan
31%gacha

«Ipoteka-bank»

12 oygacha

40%dan

30%

«O‘zpromstroybank»

12, 24 va 36 oygacha

25%dan

28% dan 31,9%gacha

Bank «Ipak Yo‘li»

36 oygacha

40%dan

23,8%

«Agrobank»

12 va 24 oygacha

50%dan

28% va 30%

«Kapitalbank»

12 oygacha

30%dan

24%

«Universalbank»

36 oygacha

30%dan

42%

«Trastbank»

36 oygacha

30%dan

24%dan
28%gacha

«Turkistonbank»

36 oygacha

30%dan

28%dan
30%gacha

«Davrbank»

35 oygacha

30%dan

30%

Ravnaq Bank

12 va 36 oygacha

30%dan

28%dan
32%gacha

Orient Finans Bank

48 oygacha

25%dan

26%dan
28%gacha

«Savdogarbank»

30 oygacha

30%dan

30%

«Hamkorbank»

36 oygacha

30%dan

30%

Ziraat Bank Uzbekistan

12, 24 va 36 oygacha

30%dan

24%dan
27%gacha

Tenge Bank

36 oygacha

30%dan

25,9%gacha

E’tibor bering: ma’lumotlar ushbu maqola nashr etilgunga qadar tegishli bo‘lib, faqat ma’lumot sifatida taqdim etiladi. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Ma’lumotlarni banklarning o‘zida aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Kiritildi: 10:54 06.01.2020. O'qildi: 23231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!