O‘zbekiston AQShga yettita Black Hawk vertolyotini topshirdi. Bu haqda amerikalik diplomatik manbalarga tayanib “Amerika ovozi” xabar berdi.
Nashrning Pentagon rasmiylariga tayanib xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar 2021 yilda “Tolibon” hujumidan qochgan afg‘on armiyasi uchuvchilari O‘zbekistonga uchib kelgan vertolyotlarni qaytarib olgan.
Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda “Tolibon”ning hokimiyatni egallashi chog‘ida O‘zbekiston hududiga 45 dan ortiq Afg‘oniston aviatexnikasi olib o‘tilgan.