Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegarada Xalqaro savdo markazi ochdi

A A A
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegarada Xalqaro savdo markazi ochdi

U Termizda joylashgan. Unda 1800 ta savdo shoxobchasi va 300 o‘rinli mehmonxona bo‘ladi. Ishlab chiqarish va logistika zonasi, tibbiyot punkti va restoran ham mavjud.

Biroq, hozircha faqat birinchi bosqich ochildi. Loyihaning to‘liq ishga tushirilishi 2023 yilning 1-choragida rejalashtirilgan, deb xabar qildi Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi.

Majmuaning yillik aylanmasi 500 mln $ni, undagi xizmatlar hajmi esa 10 mln $ni tashkil etishi kutilmoqda.

Afg‘oniston fuqarolari mazkur majmuada biznes maqsadlarida 10 kungacha vizasiz qolishlari mumkin bo‘ladi.

Markazning ishga tushirilishi Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 1,2 mlrd $ga yetkazadi.

Kiritildi: 20:48 29.12.2022. O'qildi: 1151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!