Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston 70 million doza vaksina olish uchun shartnoma tuzgan

O‘zbekiston 70 million doza vaksina olish uchun shartnoma tuzgan

Bloomberg COVID-19'ga qarshi vaksinalar bo‘yicha erishilgan shartnomalar haqida ma’lumot berdi. Dunyo bo‘yicha umumiy 8,33 mlrd doza vaksina bo‘yicha kelishuvlar mavjud. Bu dunyo aholisining yarmini emlash uchun yetarli (vaksinalarning ayrim turlari ikki marta emlashni talab qiladi). 

Eng ko‘p vaksina bo‘yicha kelishuvlarga Hindiston ega — 2,2 mlrd doza (AstraZeneca/Oxford, Novavax, Gamaleya). 

Bu borada aholi jon boshiga vaksina bo‘yicha eng katta qamrov Kanadada — 214 mln doza, 303% qamrov (Novavax/Sanofi, Moderna, AstraZeneca/Oxford va boshqa turlari). 

O‘zbekiston esa 70 mln doza (110% qamrov) vaksina bo‘yicha kelishuvga ega (faqat Gamaleya bilan).

Eng ko‘p buyurtma berilgan vaksina turi AstraZeneca/Oxford kompaniyasiga tegishli bo‘lib turibdi — 2,9 mlrd doza. Shuningdek, Novavax kompaniyasi vaksinalar bo‘yicha 1,2 milliarddan ortiq buyurtma olgan.

Kiritildi: 16:53 15.01.2021. O'qildi: 3084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!