Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston 2028 yil oktyabriga qadar ilk fazogirni koinotga uchirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2028 yil oktyabriga qadar ilk fazogirni koinotga uchirishni rejalashtirmoqda

Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibrohimov ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, dunyoda boshqariladigan kosmik parvozlarni amalga oshira oladigan uchta davlat mavjud — AQSH, Rossiya va Xitoy.

"AQSh va Rossiya kosmonavtlarni yagona Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) yuboradi, Xitoyning esa o‘zining alohida stansiyasi bor. Hozirda barcha tomonlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ularning har biri hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Fazogirimiz koinotga uchganida, Yerga quruq qo‘l bilan emas, balki kamida ma’lum bir tajriba natijalari bilan qaytadi", — deya qo‘shimcha qildi Ibrohimov.

“O‘zbekkosmos” vakilning so‘zlariga ko‘ra, parvoz davomiyligi 14 kunni tashkil etishi kutilmoqda. Fazogirni tayyorlash uchun maxsus hukumat komissiyasini tuzish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu komissiya nomzodlarni tanlab olish bilan ham shug‘ullanadi.

Kiritildi: Bugun 08:12. O'qildi: 197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!