Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Moskvadagi «Vnukovo» aeroportidan parvoz qiluvchi yo‘lovchilarni ba’zi noqulayliklar haqida ogohlantirdi.
«30 aprelgacha «Vnukovo» aeroportida nazorat punktlarini modernizasiya qilish ishlari olib boriladi, shu munosabat bilan parvozoldi yo‘lovchi proseduralari uchun sarflanadigan vaqt ortishi kutilmoqda», deyiladi xabarda.
Uzbekistan Airways parvozoldi nazoratidan o‘z vaqtida o‘tish uchun aeroportga yetib kelishni parvozdan kamida 3 soat oldin rejalashtirishni qat’iy tavsiya qildi.