Qayd etilishicha, HY272 reysini bajarayotgan UK67003 bort raqamli havo kemasi Istanbuldan havoga ko‘tarilganidan so‘ng, uchishdan 1 soat o‘tib, 350-eshelon balandligida salon va kabinadagi bosimning beqarorligi haqida signalizasiya tizimi ishga tushgan. Parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida, havo kemasi komandiri samolyotni jo‘nash aeroportiga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Mahalliy vaqt bilan 15:50 da samolyot Istanbul aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan.
Aviakompaniyaning texnik xizmatlari havo kemasini Toshkentdagi bazaga qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.
Ushbu reys yo‘lovchilari zaxira havo kemasi orqali Toshkentga yetkaziladi va kutish davrida mehmonxonaga joylashtiriladi.
Chiqaruv reysi HY8272 quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
🛫 Istanbuldan uchish — 29 iyul, soat 07:30
🛬 Toshkentga yetib kelish — 29 iyul, soat 13:35
⏳ Vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz. Parvozlar xavfsizligi —Uzbekistan Airways AJning ustuvor vazifasidir, deyiladi bayonotda.