Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Uzbekistan Airways 1 iyuldan Isroilga parvozlarni davom ettirishini e’lon qildi

 Uzbekistan Airways 1 iyuldan Isroilga parvozlarni davom ettirishini e’lon qildi

Uzbekistan Airways 1 iyuldan boshlab Toshkent — Tel Aviv — Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni odatdagi tartibda amalga oshiradi, deya xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent — Tel Aviv — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatishga majbur bo‘lgandi. Bu Tel Avivdagi Ben-Gurion aeroportining yopilishi bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, Eron havo hududidan foydalanish bo‘yicha cheklovlar tufayli kompaniya iyun oyi oxirigacha Toshkentdan Dubay va Sharm al Shayxga va ortga parvozlar jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritgandi.

Kiritildi: 20:41 28.06.2025. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!