Joriy yilning mart oyida ikki kompaniya o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan bo‘lib, unga muvofiq tomonlar “Navoiy” aeroportida qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash ko‘zda tutilgan. U havo kemalariga asosiy texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash xizmatlari, shuningdek O‘zbekistonning boshqa xalqaro aeroportlaridagi samolyotlarga muntazam xizmat ko‘rsatadi.
“Italiyaning EU Wings kompaniyasi mazkur loyihaga qiziqish bildirayotgan kompaniyalardan biridir. Yaqinda salohiyatli hamkor uchun strategik transport tarmog‘ining imkoniyatlari va shunga o‘xshash korxonalarni tashkil etish shartlari bilan tanishtirish maqsadida “Navoiy” aeroportiga safar uyushtirildi”, - deya sharhlaydi “Uzbekistan Airports”.
Yangi korxona nafaqat mahalliy aviakompaniyalarga tegishli bo‘lgan har qanday modifikasiyadagi havo kemalariga xizmat ko‘rsatishi, balki, xorijiy aviatashuvchilarning buyurtmalarini ham qabul qilishi rejalashtirilgan. Korxona quvvati bir vaqtning o‘zida bitta tor fyuzelyajli va ikkita keng fyuzelyajli samolyotlarni ta’mirlash ishlarini olib borish imkonini beradi. Xodimlarni tanlash masalasi haqida gap ketganda xorijlik mutaxassislar bilan bir qatorda korxonaga taxminan 150 nafar mahalliy xodim jalb etiladi.