Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

“O‘zbekgidroenergo” AJning 2025 yil asosiy natijalari va yangi istiqbolli loyihalari muhokama qilindi

“O‘zbekgidroenergo” AJning 2025 yil asosiy natijalari va yangi istiqbolli loyihalari muhokama qilindi

2026 yil 16 mart kuni Toshkent shahridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil asosiy natijalari va yangi istiqbolli loyihalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda jamiyat rahbariyati, mas’ul mutaxassislar, shuningdek televideniye, radio, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda gidroenergetika sohasini rivojlantirish, mavjud quvvatlarni modernizasiya qilish hamda yangi gidroenergetika ob’ektlarini barpo etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada mamlakatdagi gidroelektr stansiyalar soni 100 tadan oshdi, umumiy ishlab chiqarish quvvati esa 2400 megavattga yetkazildi.

2025 yil yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekgidroenergo” tizimi korxonalari tomonidan 6,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, shuningdek davlat investisiya dasturi doirasida 237 mln AQSh dollari miqdorida investisiyalar o‘zlashtirildi.

Matbuot anjumani davomida soha rivojining ustuvor yo‘nalishlari, yangi istiqbolli loyihalar hamda gidroenergetika salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Kiritildi: 21:54 16.03.2026. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!