18 may kuni "Hilton Tashkent City" mehmonxonasida Boshqirdiston Respublikasi bilan mintaqalararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum davomida «O‘zbekfilm» kinokonserni direktori Bahodir Odilov va A. Abdrazakov nomidagi Boshqirdiston Milliy kinostudiya direktori Yunir Aminev o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi.
Unda hamkorlikda filmlar yaratish, Boshqirdiston poytaxti Ufa shahrida o‘zbek kinosi kunlarini o‘tkazish, hamkorlikda kinoloyihalar ishlash, shuningdek, Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish rejalashtirilgan.