Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbek-tojik chegarasiga hujum qilgan ayollar: ular qayerda tayyorgarlik ko‘rgan?

O‘zbek-tojik chegarasiga hujum qilgan ayollar: ular qayerda tayyorgarlik ko‘rgan?

“Ishqobod” chegara postiga hujum qilgan shaxslar orasida besh nafar ayollar bo‘lgan, deb xabar qildi Tojikistondagi "SSSR" gazetasi.

Otishma vaqtida ikki nafar ayol o‘ldirildi, qolganlari – qo‘lga olindi va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan so‘roq qilindi. Jinoiy guruhida omon qolgan ayollar So‘g‘d viloyatining Istaravshan shahrida tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi. Bu ayollar Afg‘oniston hududida xudkush-terrorchi sifatida ISHID* maxsus jamloqlarida uzoq vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rgan.

Bundan avval Tojikiston IIV matbuot kotibi Umarjon Emomali tojik-o‘zbek chegarasidagi “Ishqobod” chegara postiga hujum qilgan jangarilar barchasi Tojikiston fuqarolari bo‘lganligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kechasi 20 nafarga yaqin qurollangan niqobli kishilar Dushanbedan 60 km masofada, o‘zbek-tojik chegarasida joylashgan "Ishqobod" postiga hujum qilib, u yerdan 5 ta avtomat o‘qotar qurolni egallab olishgan edi.

O‘tkazilgan maxsus operasiya natijasida jangarilarning 15 nafari yo‘q qilinib, 5 tasi qo‘lga olingan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan "ID" jangarilari ular teraktni rejalashtirishganini tan olganlar. Ayni vaqtda hodisa yuz bergan joyda tezkor-tergov guruhi tuzilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 17:34 07.11.2019. O'qildi: 11950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!