Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi bo‘lishga nomzod

O‘zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi bo‘lishga nomzod

Ikki kun davomida, ya’ni 20-21-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida Xalqaro olimpiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishning ilk kunida bir qator masalalar muhokama qilindi. Biz uchun anjumanning ahamiyatli tomoni, O‘zbekiston sport tarixida ilk bor mamlakatimiz vakilasi, 1991-yildan buyon jahon va qit’a chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida Vatanimiz nomini ulug‘lab kelayotgan hamda o‘ziga xos rekord o‘rnatgan o‘zbek sport afsonasi Oksana Chusovitina Xalqaro olimpiya qo‘mitasining sportchilar komissiyasiga a’zo bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lganidir.

Ta’kidlash joiz, XOQning sportchilar komissiyasi 17 kishidan iborat. Shu kunlarda mazkur komissiya a’zolarining 4 nafari o‘z vakolatini topshirgan. Bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun dunyo miqyosidagi 30 nafar yetakchi atletlar nomzodi ilgari surilmoqda. Komissiya a’zoligiga nomzod sportchilar, sobiq atletlar shu kunlarda Yaponiyaga taklif etilgan. Ovoz berish jarayoni esa shu yil 3-avgustgacha davom etadi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax yig‘ilishda sportchilar komissiyasiga tanlanadigan 4 nafar nomzodga ovoz berish jarayoni haqida so‘z yuritib, ovoz berish onlayn tarzda o‘tkazilmasligi, nomzodlar qaysi darajada bo‘lishidan qat’iy nazar barchasi teng huquqqa ega ekanligi, ular tanlangunga qadar Tokiodagi “Olimpiya qishlog‘i”da bo‘lishga haqli ekanini ta’kidlab, 3-avgust kuni saylangan nomzodlar orasidan XOQ Sportchilar komissiyasi raisi saylanishini ham ma’lum qildi. Ushbu komissiya raisi o‘z navbatida, XOQ ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga ham qabul qilinadi.

O‘zbekiston olimpiya harakati tarixida Oksana Chusovitinaning shunday sharafli nomga sazovor bo‘lishi mamlakatimiz sportining o‘ziga xos yutug‘idir. Nomzodlar orasida jahon Olimpiya harakati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Chusovitinaning e’tirof etilishi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, uning tegishli bo‘linmalari va komissiyalarining yurtimiz professional sportiga katta ehtiromi sifatida qabul qilish lozim.

Yig‘ilishda 6ta sport turi – lakross, chirliding, aysshtok, sambo, kikboksing va muay-tay Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan sport turlari sifatida ko‘rsatildi. Lekin bu ularning olimpiya o‘yinlari tizimiga kiritilganini anglatmaydi. Biror sport turining olimpiya o‘yinlari tarkibiga kiritilishi uzoq davom etadigan jarayon. Bugungi kunda dunyoda 10 dan ziyod sport turi XOQ tomonidan tan olingan bo‘lsa-da, olimpiya o‘yinlariga kiritilmagan.

Anjumanda olimpiya o‘yinlari shioriga biroz o‘zgartirish kiritilgani, olis 1894-yildan beri qo‘llanib kelingan “Citius, altius, fortius”, ya’ni "Tezroq, balandroq, kuchliroq”ning davomiga “Birgalikda” iborasi qo‘shilgani ham ma’lum qilindi.

Bugun yig‘ilishning yakuniy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda 2032-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qiluvchi shahar nomi e’lon qilindi. “Yashil qit’a” Avstraliyadagi ushbu mo‘jaz shag‘ar ovoz berish jarayonida bir qator nomzod shaharlarni ortda qoldirdi. Shu tariqa Avstraliya uchinchi marotaba Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bungacha “yashil qit’a”ning Melburn va Sidney shaharlari to‘rt yillikning nufuzli anjumanini qabul qilgan.

Kiritildi: 23:42 21.07.2021. O'qildi: 3098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!