Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbek-qozoq chegara-bojxona postlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda

O‘zbek-qozoq chegara-bojxona postlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara-bojxona postlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda, deya xabar berdi Transport vazirligi xabar berdi.

Avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlarining ikki tomonlama sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda o‘zbek-qozoq chegara o‘tkazish punktlarida kuzatilayotgan yuk avtotransport vositalarining tirbandligi masalasiga yechim toppish maqsadida qator takliflar kiritildi.

“O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara-bojxona postlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kunduzgi vaqtda faoliyat yurituvchi “Malik” (O‘zbekiston) – “Sirdaryo” (Qozog‘iston) o‘tkazish punktini sutkalik rejimga o‘tkazish, harakatlanayotgan haydovchilarning fuqaroligi va transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatga doir cheklovlarni bekor qilish taklif etilgan.

Shuningdek, “Yallama” (O‘zbekiston) – “B.Konisbayev” (Qozog‘iston) chegara-bojxona postlari orqali yuk avtotransport vositalarining o‘tkazuvchanligini sutkasiga 700 tagacha kengaytirish ham taklif etilgan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi 5 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtotransport vositalari orqali tashilayotgan tashqi savdo yuklari 2 barobarga oshgan.

Kiritildi: 10:12 26.05.2023. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!