Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbek olimlari ekologik muammolarga innovasion yechim yaratdi

 O‘zbek olimlari ekologik muammolarga innovasion yechim yaratdi

Materialshunoslik instituti olimlari biologik asosda olingan ko‘p qatlamli grafen ishlab chiqdi.

Bu material asosida suvni samarali tozalashga mo‘ljallangan WATER-TOL filtr-pressining laboratoriya namunasi yaratildi.

Grafen inson salomatligi uchun xavfsiz hisoblanadi. U yaralarning tez bitishiga yordam beradi, shuningdek bakteriyalar, viruslar va zamburug‘larga qarshi faol ta’sir ko‘rsatadi.

Eng muhimi, yangi material suv va havoni tozalash, shuningdek zararli moddalar hamda radionuklidlarni yutishda samarali hisoblanadi.

Kiritildi: 08:44 11.01.2026. O'qildi: 1640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!