Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbek navoiyshunosligida katta yo‘qotish: O‘zbekiston Qahramoni Suyima G‘aniyeva vafot etdi

A A A
O‘zbek navoiyshunosligida katta yo‘qotish: O‘zbekiston Qahramoni Suyima G‘aniyeva vafot etdi

Bugun, 1 sentyabr kuni 86 yoshida O‘zbekiston Qahramoni, taniqli navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva vafot etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri o‘z manbasiga tayangan holda.

Olima uzoq davom etgan kasallik tufayli olamdan o‘tganligi aytilmoqda.

Suyima G‘aniyeva navoiyshunos olima, mehnatlari nafaqat O‘zbekiston balki Rossiya, Turkiya, Eron, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlarda taniqli bo‘lgan sharqshunos-olimadir.

Suyima G‘aniyeva 1992 yilda Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, shu yilning o‘zida "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan. 2008-yilda olimaga "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni topshirilgan. 

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Mumtoz filologiya kafedrasi professori Suyima G‘aniyevaga 2015 yil 25 avgust kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov farmoni bilan O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan Oliy nishon - Oltin yulduz medali topshirilgan.

G‘aniyeva 500dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Xabar qilinishicha, Suyima G‘aniyeva bugun, 1 sentyabr kuni "Chig‘atoy" qabristonida dafn etiladi.

 

Kiritildi: 14:45 01.09.2018. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!