Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbek boks yulduzlaridan navbatdagi g‘alabalar: Toshkentda o‘tkazilgan katta boks kechasida tashkil etilgan janglar natijasi

O‘zbek boks yulduzlaridan navbatdagi g‘alabalar: Toshkentda o‘tkazilgan katta boks kechasida tashkil etilgan janglar natijasi

Kecha Toshkentda "Lift Promotions" hamda "Matchroom Boxing" tashkilotlari hamkorligida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi.

To‘liq kard natijalari bilan tanishing:

Markaziy jang.Yarim o‘rta vazn toifasida 8 raundlik jang: Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston, 18-0-0) - Mark Urvanov (Rossiya, 25-5-2), (4-raundda KO-TKO);

Superog‘ir vaznda 8 raundlik jang: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston, 17-0-0) - Solomon Adebayo (Nigeriya, 14-1-0), (4-raundda KO-TKO);

Superog‘ir vaznda WBC CISBB kamari uchun 10 raundlik jang: Lazizbek Mullojonov (O‘zbekiston, 7-0-0) - Monyasahu Muritador (Nigeriya, 6-4-2), (Raqib 3-raundda jangni davom ettirmadi);

Og‘ir vaznda 6 raundlik jang: Shohjahon Abdullayev (O‘zbekiston, 6-0-0) - Gutram Ngoya (Tanzaniya, 13-3-0), (1-raundda KO-TKO);

Superog‘ir vaznda 6 raundlik jang: Ozodbek Aliyev (O‘zbekiston, 4-0-0) - Aleksandr Zubkov (Rossiya, 11-13-0), (2-raundda KO-TKO);

Ikkinchi o‘rta vaznda WBC CISBB kamari uchun 10 raundlik jang: Nurislom Ismoilov (O‘zbekiston, 8-0-0) - Jozef Maigvisya (Tanzaniya, 15-6-0), (4-raundda KO-TKO);

Ikkinchi o‘rta vaznda 6 raundlik jang: A’loxon Abdullayev (O‘zbekiston, 4-0-2) - Suhrob Qayumov (O‘zbekiston, 4-0-2), (Jang durang bilan yakunlandi);

Super yarim o‘rta vaznda 8 raundlik jang: Rajab Butayev (Rossiya, 16-1-0) - Artyom Pugach (Rossiya, 3-13-4), (Ochkolar hisobiga ko‘ra);

Yarim yengil vaznda 6 raundlik jang: Baxtiyor Ilyosov (O‘zbekiston, 1-5-0) - Xursand Imankuliyev (Turkmaniston, 5-0-0), (2-raundda KO-TKO);

Yarim o‘rta vaznda 6 raundlik jang: Sherzod Xabibov (O‘zbekiston, 4-1-0) - Asadbek Bekmirzayev (O‘zbekiston, 2-1-0), (Ochkolar hisobiga ko‘ra).

Kiritildi: 09:10 15.11.2025. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!