Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbek asali xalqaro bozorda: Xitoy bilan eksport aloqalari birinchi marta yo‘lga qo‘yildi

O‘zbek asali xalqaro bozorda: Xitoy bilan eksport aloqalari birinchi marta yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston asalni asosan AQSh va Afg‘onistonga eksport qilmoqda. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yil va 2025 yilning to‘rt oyi davomida 206 ming dollar qiymatida 64 tonna asal eksport qildi. Asalning 92 foizi AQSh va 7 foizi Afg‘onistonga eksport qilingan. Bu yil birinchi marta Xitoyga eksport qilish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, 2024 yil va 2025 yilning to‘rt oyi davomida 5 mln AQSh dollari miqdorida 260 ming dona asalari paketlari eksport qilingan. Asalari paketlari asosan Rossiya, Qozog‘iston va Armanistonga eksport qilingan bo‘lsa, bu yil eksport geografiyasiga Tojikiston ham qo‘shilgan.

Asalari paketlari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga oshdi.

Kiritildi: 19:18 20.05.2025. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!