“UzAuto Motors” kompaniyasi Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishni to‘xtatishga majbur.
Yuzaga kelgan holat kompaniya tarixida birinchi bor yuz berishi, lekin, biz bugungi kunda jahon avtomobil sanoati og‘ir kunlarni boshdan kechirayotganligi va bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emasligini bir necha bor xabar qilganmiz.
Shu munosabat bilan, “Uzauto Motors” AJ rahbariyati va jamoasi o‘z mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklar uchun cheksiz uzr so‘raydi hamda ayni paytdagi vaziyatda mijozlari uchun qayg‘urib, qabul qilingan qarori yagona to‘g‘ri qaror ekanligiga ishonadi.
💵 Mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘langan barcha mablag‘lar to‘liq qaytariladi. Shuningdek, kompaniya qo‘shimcha ravishda oldindan to‘lov summasining 5 foizini kompensasiya sifatida taqdim etadi
Bundan tashqari, yangi krossover sotib olish ehtiyojida bo‘lgan xaridorlarimiz o‘z xohishiga ko‘ra, Chevrolet Captiva 5 avtomobili o‘rniga Chevrolet Equinox yoki Tracker modellarini xarid qilishlari mumkin. Almashtirilgan avtomobillarni yetkazib berish muddati Chevrolet Captiva 5 uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq, 2022 yil yanvar oyidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.
📌 Shuningdek, xaridorlarimizga yuqorida ko‘rsatilgan muddat asosida Captiva 5 avtomobili o‘rniga Malibu, Cobalt yoki Trailblazer avtomobillarini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etiladi.