Bugun 17 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

“UzAuto Motors” 40 ming dona Cobalt Midnight uchun qayta shartnoma tuzdi

“UzAuto Motors” 40 ming dona Cobalt Midnight uchun qayta shartnoma tuzdi

Kompaniya yanvar oyi boshida ajratilgan shartnomalarning deyarli barcha hajmi uchun kontraktasiyani qayta amalga oshirdi.

Payshanba kuni to‘lovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan hajm uchun to‘rt soatdan ortiq vaqt davom etgan shartnoma berish jarayoni yakunlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xususan, bu kuni faqat GX-Midnight AT modifikasiyasi uchun jami 40 010 ta shartnoma tuzildi. Bunda uning 99%dan ortig‘i — 39 872 tasi “One-ID” tizimida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar, 138 tasi esa yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kontraktasiya jarayonida kompaniya Call-markaziga 850 nafar mijoz murojaat qilgan. Kompaniya fuqarolardan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishlarini, e’lonlar sayti va boshqa servislar orqali “shartnoma sotib olish” bo‘yicha shubhali takliflarga rozi bo‘lmasliklarini so‘ramoqda. “UzAutoSavdo” platformasida xaridor yoki diler mijoz ma’lumotlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega emas.

Bundan oldin, joriy yilning 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan shartnoma berish jarayonida 50 mingdan ortiq avtomobil uchun shartnoma ajratilgandi. Shundan 80%dan ortig‘i — 40 762 tani Midnight versiyasi uchun tuzilgan shartnomalar tashkil etadi.

Kiritildi: 17:42 16.01.2025. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!