Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zaro urushayotgan Tailand va Kambodja AQSh bilan savdo bitimini tuzdi

O‘zaro urushayotgan Tailand va Kambodja AQSh bilan savdo bitimini tuzdi

AQSh prezidenti Donald Trampning 1 avgustga belgilangan xorijiy davlatlarga bojlar joriy etishi arafasida Vashington Kambodja va Tailand bilan savdo bitimlari tuzdi.

Bu haqda AQSh savdo vaziri Govard Latnik ma’lum qildi.

"Men shanba kuni Kambodja va Tailandga qo‘ng‘iroq qilib, ularni kun bo‘yi tingladim. Dushanba kuni nima bo‘ladi? Ular sulh e’lon qilishadi. Va biz bugun shunday qildik. Biz Kambodja va Tailand bilan savdo bitimlarini tuzdik" - dedi Latnik ikki Osiyo davlati o‘rtasidagi so‘nggi qurolli mojaro va Trampning vositachilik harakatlariga ishora qilib.

Kelishuvlar tafsilotlari keltirilmagan.

Kiritildi: 11:00 31.07.2025. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!