Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘z xatolarini anglab yetgan "Real" futbolchilari Alonso uchun oxirigacha turib bermoqchi

O‘z xatolarini anglab yetgan "Real" futbolchilari Alonso uchun oxirigacha turib bermoqchi

Madridning "Real" klubi futbolchilari iste’foga chiqarilishi mumkin bo‘lgan bosh murabbiy Xabi Alonsoni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Turli manbalarga ko‘ra, yakshanba kungi "Alaves"ga qarshi o‘yin ispaniyalik murabbiy uchun "qirollik klubi"dagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin. AS ma’lumotiga ko‘ra, "qaymoqranglilar" futbolchilari o‘z xatolarini anglab yetgan va sodir bo‘layotgan voqealar uchun barcha javobgarlikni o‘z zimmalariga olishga tayyor. Jamoa bosh murabbiyi uchun oxirigacha kurashadi va ish iste’fo bilan yakunlanmasligi uchun hamma narsani qiladi.

"Real"ning "Manchester Siti"ga qarshi o‘tgan uchrashuvi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan edi. Madridliklar barcha musobaqalardagi so‘nggi sakkiz uchrashuvdan atigi ikkitasida g‘alaba qozonishdi.

Kiritildi: 14:11 13.12.2025. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!