Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatiladigan kirxonalarni tashkil etish oyiga o‘rtacha 10 soatdan 24 soatgacha vaqtni tejash imkonini beradi

A A A
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatiladigan kirxonalarni tashkil etish oyiga o‘rtacha 10 soatdan 24 soatgacha vaqtni tejash imkonini beradi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari mamlakatimiz hududlarida kir yuvishning o‘ziga xos jihatlari va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatiluvchi kirxonalarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda mehnatga layoqatli ayollarning yarmi iqtisodiyot sektorida band. Shu bilan birga, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi taxminan 13-14 foizni tashkil qiladi. Bu ko‘p hollarda ularning uy ishlari va bola parvarishida band ekanligi bilan bog‘liq.

Mavzuni o‘rganish jarayonida onlayn so‘rov o‘tkazildi va unda 1047 kishi ishtirok etdi. Ularning 52,6 foizi ayollar, 47,4 foizi erkaklardir. So‘rov natijasida kir yuvishning quyidagi o‘ziga xos jihatlari aniqlandi:

- aholining kundalik turmushida kir yuvish mashinasidan foydalanish darajasi o‘rtacha 69,3 foizni tashkil etadi (qishloqlarda – 49,5 foiz, shaharlarda – 82,3 foiz), kirni qo‘lda yuvadiganlar ulushi - 31 foiz;
- respondentlarning 48,6 foizi kirni haftada 2 marotaba, 22,8 foizi bir marotaba, 25 foizi esa har kuni yuvishini bildirdi;
- so‘rovda qatnashganlarning 65,2 foizi kir yuvish uchun 1-2 soat, 21,8 foizi 30 daqiqa, 13,0 foizi 3 soat va undan ko‘proq vaqt sarflashini ta’kidlagan. 3 soatdan ortiq vaqt sarflaydiganlarning asosiy qismi kirni qo‘lda yuvadi;
- shu bilan birga, uy xo‘jaliklarining infratuzilma ta’minotida elektr energiyasi (54,0 foiz), suv quvuri va oqova suvlarni chiqarib tashlash hamda kanalizasiya tizimlari bo‘yicha (23 foiz) uzilishlar kuzatilishi ma’lum bo‘ldi.

Xalqaro tajriba hamda so‘rov natijalaridan kelib chiqqan holda markazlashgan kir yuvishda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatiladigan kirxonalarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif etish mumkin.

Respondentlarning 65,3 foizi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan kirxonalarni tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ularning 26,1 foizi gigiyena va tozalik darajasining oshishini ijobiy holat sifatida ko‘rsatgan bo‘lsa, 22,3 foizi vaqtni tejash imkoniyati paydo bo‘lishinni ta’kidlagan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatiladigan kirxonalarni tashkil etish oyiga o‘rtacha 10 soatdan 24 soatgacha vaqtni tejash imkonini beradi. Bu vaqtdan savodxonlikni, kasb mahoratini oshirish, bola parvarishida unumli foydalanish mumkin.

Kiritildi: 17:30 02.08.2023. O'qildi: 1093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!