Parijlik ayol noma’lum shaxslar uning kvartirasiga bostirib kirib, 1 million yevrolik taqinchoqlarni o‘g‘irlaganidan so‘ng polisiyaga murojaat qildi.
Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.
O‘g‘rilik u ta’tilga chiqqanida sodir bo‘lgan. Parijlik u kvartira kalitini pochta qutisiga tashlab ketganini va ikki hafta davomida shaharni tark etganini tan oldi. Qaytib kelgach, u kvartirada kimdir bo‘lganini bilib, keyin yo‘qolganini payqadi.
Zargarlik buyumlari sug‘urtalanganmi yoki o‘g‘rilar pochta qutisida qolgan kalitdan foydalangan-foydalanmagani haqida ma’lumot berilmagan.