Engil vaznda Bellator chempioni Usmon Nurmagomedov o‘zini MMA kelajagi deb hisoblaydi.
Nurmagomedov shanba kuni Bellator Champions Seriyes 4 ning asosiy musobaqasida Aleksandr Shabliyga qarshi jang qildi. Dog‘istonlik jangchi bir ovozdan g‘alabaga erishib, MMA bo‘yicha professional rekordini 18-0, 1 ga yaxshilashga erishdi.
Usmon Nurmagomedov o‘zini MMA kelajagi deb e’lon qildi
Bellator Champions Seriyes San-Diyego musobaqasidan keyin jurnalistlar bilan suhbatda Usmon Nurmagomedov Habib Nurmagomedovning uni MMA kelajagi deb ataganiga javob berdi.
«Men (uning haqligini) isbotlayman», dedi Nurmagomedov. «Bu kelajak. Men kelajakman».
Usmon o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazish uchun joyni oldindan belgilab qo‘ygan va u 2025 yilning boshida yana qafasga kirishga umid qilmoqda.
«Men Dubayda jang qilmoqchiman, chunki Dubayda yanvar oyida ularning tadbiri bor deb o‘ylayman», dedi Nurmagomedov. “Men aniq bilmayman. Men uchun bu juda yaxshi sana. Men faol bo‘lishni xohlayman, har uch-to‘rt oyda bir marta jang qilishni xohlayman, chunki men atigi 26 yoshdaman, men jang qilmoqchiman. Ochman".
Ko‘pchilik Usmonni UFC musobaqasiga qo‘shilishini xohlayotgan bo‘lsada, uning Bellator bilan shartnomasi va UFCning yengil vazn toifasida Islom Maxachev hukmronlik qilayotganini hisobga olsak, bu tez orada amalga oshishi dargumon.