Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

“Usik pul haqida o‘ylayapti, Jalolov esa unga tahdid sola oladi” - Rossiyalik sobiq WBC kamari egasi

“Usik pul haqida o‘ylayapti, Jalolov esa unga tahdid sola oladi” - Rossiyalik sobiq WBC kamari egasi

2014-2016 yillarda WBC kamariga egalik qilgan rossiyalik Grigoriy Drozd hamyurtimiz Bahodir Jalolovni e’tirof etdi.

Drozdning fikricha, ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan Bahodir Jalolov superog‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Aleksandr Usik uchun bosh og‘riq bo‘la olishi mumkin.

"Mana Bahodir haqiqatan ham Usik uchun raqobat taklif qila olishi mumkin. U havaskor boksdan voz kechib, professionalga to‘liq o‘tishni boshlagan ko‘rinadi. Bahodirning kelajagi bor. Ammo men Jalolov Usik bilan jang qiladi, deb o‘ylamayman. Boisi, Sasha allaqachon Jeyk Pol kabilar bilan yuzma-yuz kelyapti. Menimcha, Usik endi kosmik, rekord darajadagi pullar ishlashni rejalashtiryapti", dedi Grigoriy Drozd.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik 20 iyul tongida Londonda o‘tkazilgan prof boks oqshomi doirasida britaniyalik Daniel Dyubuani nokautga uchratgandi.

Kiritildi: 09:20 22.07.2025. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!