Aleksandr Usik Ar-Riyodda Tayson Fyurini mag‘lub etib, mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.
Qiziq jihati shundaki, Usik mutlaq jahon chempioni maqomida bor yo‘g‘i ikki haftagina bo‘lar ekan. Boisi, IBF tashkiloti uni chempionlik kamaridan mahrum qiladi. Aslida Usik IBF kamarini majburiy da’vogardan himoya qilishi kerak edi. Shartnomada Tayson Fyuri revansh jangi o‘tkazish majburiyati bor. Aleksandr keyingi jangini aynan Fyuriga qarshi o‘tkazadi. Bu holatda IBF chempionlik kamari vakant qoladi.
Ayni paytda ukrainalik bokschi IBF, WBA, WBO, WBC hamda ikkinchi darajali hisoblangan IBO chempionlik kamarlari sohibi bo‘lib turibdi. Usik havaskor boksda London-2012 Olimpiadasi, prof boksda esa 2018-2019 yillarda birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lgan.