Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Ushlab turilgan shaxsning qanday huquqlari bor?

Ushlab turilgan shaxsning qanday huquqlari bor?

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi va tuman Milliy gvardiyasi xodimlari bilan hamkorlikda korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova xabar qildi.

Qo‘riqlash bo‘limi binosida o‘tgan mazkur yig‘ilishda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudya Muhammad Kayumov ishtirok etdi.

Bo‘lib o‘tgan davra suxbati davomida tuman sudi sudyasi Muhammad Kayumov Milliy gvardiya xodimlari tomonidan bayonnoma rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar, xolis va guvoxlarni ishga jalb qilish tartibi haqida tushuntirishlar berib o‘tdi. Avvalo “Shaxsni ushlash jarayoni qanday o‘tishi kerak? Ushlab turilgan shaxsning qanday huquqlari bor? Unga nisbatan jismoniy kuch qo‘llanilishi mumkinmi? Shaxs qancha muddatga ushlab turilishi mumkin?” kabi savollarga javoblar izlandi.

Dastlab, ushlab turish nima ekanligiga aniqlik kiritdik. Ushlab turish ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishga barham berish maqsadida qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra, ushlab turishning ikki turi mavjud: ma’muriy ushlab turish va jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turish. Bundan tashqari, IIO xodimlari shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan kishining shaxsini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlariga borishini so‘rashlari mumkin. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish MJtKning 285-moddasiga binoan ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish quyidagi hollarda qo‘llaniladi. Ya’ni,

  • boshqa ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanib bo‘linganidan keyin ma’muriy
  • huquqbuzarlikni to‘xtatish maqsadida;shaxsni aniqlash uchun;
  • basharti bayonnoma tuzish zarur bo‘lib, uni huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida tuzish imkoni bo‘lmagan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish uchun;
  • ishlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta’minlash va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish maqsadida.

Shaxsni qancha muddat ushlab turish mumkin? MJtKning 288-moddasiga binoan, ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas, alohida zarurat munosabati bilan qonun hujjatlarida boshqacha muddatlarning belgilanishi bundan mustasno. Agar shaxs o‘zining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirsa yoki MJtKning 288-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarliklardan birini sodir etgan bo‘lsa, u holda 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga ushlab turilishi mumkin. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddati huquqbuzarni bayonnoma tuzish uchun olib kelish paytidan boshlanadi, mast holdagi shaxslar uchun esa ular hushyor tortgan vaqtdan boshlanadi”, deydi tuman sudi sudyasi Muhammad Kayumov.

Ushlab turilgan shaxsning qanday huquqlari bor?

Ushlab turilgan shaxsning qanday huquqlari bor?

Shu tariqa amaliyotda duch kelinayotgan kamchiliklarga kerakli va o‘rinli tushuntirishlar orqali barham berildi.

Kiritildi: 19:08 02.06.2022. O'qildi: 3168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!