AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga 2019 yilgi saylovda g‘alaba qozonishiga yordam bergan shouni moliyalashtirdi . Bu haqda hujjatlar tahliliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xususan, gap AQSh 100 ming dollardan ortiq mablag‘ ajratgan “Nashi Groshi” loyihasi haqida bormoqda. Unda Ukrainaning avvalgi rasmiylari korruptsion sxemalarda qatnashgani uchun tanqid qilingan. Shuningdek, ajratilgan mablag‘larning ko‘p qismi 2016 va 2017 yillarda muammo yaratishga sarflangani aniqlangan. Biroq, saylovoldi vaziyatga ta’sir ko‘rsatgan eng muhim epizodlardan biri 2019 yil fevral oyida e’lon qilingan edi.