Urushdan keyin saylovlarni o‘tkazishni cho‘zib yubormaslik kerak, aks holda bu hokimiyatni saqlab qolishga urinishdek ko‘rinishi mumkin. Bu haqda Ukraina Markaziy saylov komissiyasi rahbari gapirdi.
"Biz urushdan keyin saylovlarga imkon qadar yaxshi tayyorlanishimiz kerak. Biroq saylovlarni o‘tkazish muddatlari haddan tashqari cho‘zilmasligi lozim, aks holda bu yetarli asoslarsiz hokimiyatda qolishga urinish sifatida talqin qilinishi mumkin", — dedi Oleg Didenko Ispaniyaning El Pais gazetasi bilan intervyusida.
Uning fikricha, harbiy harakatlar tugagandan so‘ng saylovlarni tashkil etish uchun uch oydan ko‘proq vaqt talab etiladi.
Avvalroq Didenko urushdan keyingi davrda saylovlarni o‘tkazish tartibi bo‘yicha alohida qonun qabul qilish zarurligini aytgandi.